“Andijon” transfer ishlarini yakunladi

PRO-Liga qatnashchisi "Andijon" jamoasi yozgi transfer oynasidagi selekciya ishlarini yakunladi.

Joriy mavsum o'z oldiga Superligaga chiqishni maqad qilib olgan “Andijon” jamoasi yuzaga kelgan transfer oynasida tarkibni kuchaytirish maqsadida bir nechta yangi futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi.
Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi “Kimyogar” stadionida kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib borayotgan “burgutlar” yozgi transfer chog'ida o'z safiga yangi 9 nafar futbolchini qo'shib olganini ma'lum qilamiz.

"Andijon"jamoasiga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar:

1. Nikita Ribkin

Tug'ilgan yili: 1992.

Tug'ilgan joyi: Toshkent.

Ampluasi: Darvozabon.

Qaysi jamoadan? "Metallurg".

2. Davron Mamatov

Tug'ilgan yili: 1990.

Tug'ilgan joyi: Toshkent.

Ampluasi: Markaziy himoyachi.

Qaysi jamoadan? "Neftchi".


3. Farhod Mirahmatov

Tug'ilgan yili: 1994.

Tug'ilgan joyi: Toshkent.

Ampluasi: Chap qanot himoyachisi.

Qaysi jamoadan: "So'g'diyona".

4. Sunnatillo Ermatov

Tug'ilgan yili: 1995.

Tug'ilgan joyi: Toshkent.

Ampluasi: Markaziy himoyachi.

Qaysi jamoadan? "Neftchi".


5. Doniyor Hasanov

Tug'ilgan yili: 1990.

Tug'ilgan joyi: Toshkent.

Ampluasi: Markaziy yarim himoyachi.

Qaysi jamoadan? "So'g'diyona".

6. Nodirxon Kamolov

Tug'ilgan yili: 1994.

Tug'ilgan joyi: Farg'ona.

Ampluasi: Markaziy yarim himoyachi.

Qaysi jamoadan? "Qizilqum".

7. Farhod Bekmuratov

Tug'ilgan yili: 1994.

Tug'ilgan joyi: Andijon viloyati, Shahrixon tumani.

Ampluasi: Markaziy yarim himoyachi.

Qaysi jamoadan? "Lokomotiv".

8. Elbek Otaqulov

Tug'ilgan yili: 1999.

Tug'ilgan joyi: Qarshi shahri. 

Ampluasi: Chap qanot yarim himoyachisi.

Qaysi jamoadan? "Nasaf"


9. Qadamboy Nurmetov

Tug'ilgan yili: 1996.

Tug'ilgan joyi: Xorazm.

Ampluasi: Hujumchi.

Qaysi jamoadan? "Xorazm".


"Andijon" jamoasi bilan xayrlashgan futbolchilar esa quyidagilar:

1. Xusan Olimjonov.

2. Maruf Zokirjonov.

3. Mirjalol Rajabov.

4. Usmonali Ismonaliev.

5. Eldor Boymatov.

6. Hoshimbek Shokirov.

7. Obid Hakimov.

8. Alisher Abduvohidov.

9. Begzod G'anijonov. 


Shu tariqa "Andijon" yozgi transfer oynasida selekciya ishlarini yakunladi. Endi murabbiylar shtabi imkon qadar rasmiy bahslar boshlanguniga qadar, jamoa o'yinini yanada shakllantirishga qaratadi. 


"Andijon" matbuot xizmati.


Manba: championat.asia