"Andijon" "Surxon" futbolchisini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2025
Bu haqda "Surxon" matbuot xizmati xabar berdi.

"Sunnatulloh Hamidjonov yil oxirigacha "Andijon" klubiga ijaraga berildi.

Jamoamiz himoyachisi ushbu mavsum oxirigacha ijara asosida "Andijon" safida harakat qiladi. Ushbu kelishuv Feniks Football Agency ko'magida amalga oshirildi", – deyiladi xabarda.

24 yoshli o'ng qanot himoyachisi ushbu mavsum termizliklar tarkibida 14 o'yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати