"Andijon" jamoa a'zolari oldidagi barcha qarzlarni to'ladi

Iskandarov Abdulaziz
23 iyun 2023, 16:09
Saytimiz orqali klub futbolchilari oldida katta qarzdorlik yuzaga kelganini, fevral oyidan beri maosh olishmagani haqida ma'lum qilgan edik.

Eshitdik-da: “Andijon”ning asosiy futbolchisi Xebay va boshqa futbolchilar tez orada jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin

"Andijon" rahbariyati jamoa a'zolari, futbolchilar va legionerlar oldidagi 4 oylik maoshlarini to'lovini birdaniga amalga oshirdi. Legionerlar esa klubdagi faoliyatini davom ettiradi. 

Bir necha soat oldin albaniyalik hujumchi Ruben Xebay saytimizga jamoa bilan "Buxoro"ga qarshi maydonga tushishga tayyorligini, pullar berilganini ma'lum qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia