Andijon ikki nafar futbolchisi bilan xayrlashdi

Khoja
22 iyul 2024, 07:35
Andijon jamoasi yozgi transfer bozorida yana ikki nafar futbolchi bilan xayrlashdi.

Joriy mavsum andijonliklarga kelgan makedoniyalik Demir Imeri hamda jamoaning hujumchisi Suhrob Berdiev bilan xayrlashdi.

Ma'lumot uchun, Imeri joriy mavsum 10 ta uchrashuvga maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Berdiev esa Andijon safida 35 uchrashuvda maydonga tushdi va 5 marta raqib darvozasini aniq nishonga olgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: andijanfc.uz