Andijon: Bunyodkor bilan o'yin oldidan

Narzulla Saydullayev
3 noya 2016
Bugun Andijonda katta futbol. Sog'lom avlod stadionida burgutlar chempionatimizning yetakchi klublaridan biriga qarshi bahs olib boradi.
Oliy ligada qolish uchun kurashayotgan Andijon bugun  qanday bo'lmasin o'z maydonida yutqazmaslikka urinadi. Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, qaldirg'ochlar shu kungacha Andijonda umuman mag'lub bo'lmagan. Ko'ramiz, jamoalarning 18-to'qnashuvida omad kimga kulib boqarkin. Bunyodkor jamoasi kecha tushlikdan so'ng Andijon shahriga yetib keldi va Vella elegant mehmonxonasiga borib joylashdi.

Bugun diskvalifikaciya tufayli har ikki jamoa tarkibida maydonga tusha olmaydigan futbolchilar bor. Mezbonlar safida markaziy himoyachi Bobur Akbarov bo'lsa, mehmonlardan Sato Minori sariq kartochkalari soni 4taga etgani munosabati bilan bugungi uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur.

Bugungi uchrashuvni andijonliklar qizil, toshkentlik futbolchilar esa oq rangli libosda o'tkazadigan bo'ldi.

Darvoqe, kecha yoshlar ligasida Andijon joriy mavsum chempioni Bunyodkor o'rinbosarlarini 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Eslatib bugungi uchrashuv soat 15:30da boshlanadi. Chiptalar stadion kassalarida sotilmoqda. Qiziqarli kechishi kutilayotgan uchrashuvga muxlislarni taklif etib qolamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia