

"Ikki marotaba standart vaziyatdan so'ng gol o'tkazib yubordik. O'yin raqib istagan ssenariy bo'yicha kechdi. "Leyptsig" ajoyib qarshi hujum uyushtiradi.
Men asabiylashayotganim yo'q. Biz yutqazdik, bu meni bezovta qilyapti, lekin bu mag'lubiyatdan fojia yasash shart emas. Men bu kungacha yaxshi o'yin ko'rsatib kelgan jamoamni tanqid qila olmayman.
Bitta mag'lubiyat biz uchun 10 ta ketma-ket g'alabadan ko'ra yaxshiroq dars beradi", - dedi Anchelotti.



