Anchelotti Simeonega: "Menda o'rganadigan hech narsa yo'q"

Оқил Абдубарноев
24 fev 2023, 20:50
"Real Madrid" shanba kuni "Santyago Bernabeu"da "Atletiko Madrid"ga qarshi bahs olib boradi.

O'yin oldidan Diego Simeonening yanvarda Anchelotti to'g'risida bildirgan fikrlariga italiyalik mutaxassis javob qaytardi. "Matraschilar" murabbiyi hamkasbining aqlli bo'lgani uchun yoqtirishini, Anchelottidan ko'p narsani o'rganishni xohlayotganini aytgandi.

Shanba kungi o'yin oldidan intervyu bergan Karlo Anchelotti o'zidan o'rganadigan hech narsasi yo'qligini aytdi.

“Men Simeone uchun ko'p vaqt sarflashni istayman, chunki biz futbolni yaxshi ko'ramiz. Uning mendan o'rganadigan hech narsasi yo'q. Men uning qanday ishlashini hech qachon ko'rmaganman va uning kundalik ish rejasi qanday ekanligini ko'rishni xohlayman.

Bu jihatlar ko'proq bilim beradi, nimalarnidir o'rganasiz. Balki o'yindan keyin bir-birimizga shogirdlarimizni qanday tayyorlaganimizni aytib berarmiz.

Menga Simeone inson sifatida yoqadi. U o'yinlarga juda halol baho beradi. Shuni unutmasligimiz kerakki, “Atletiko”ning so'nggi yillardagi muvaffaqiyati murabbiyning o'ziga xosligidadir”, dedi "don Karlo".

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca