Anchelotti: "Shvaynshtaygerni xarid qilish "Bavariya" rejalariga kirmaydi"
Aslanov Jasurbek
4 avg 2016, 10:39
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bastian Shvaynshteygerning nemis klubiga qaytishi myunxenliklar rejasiga kirmasligini aytdi.
"Futbolda "agar" so'zi bo'lmaydi. Shvaynshtaygerni xarid qilish bizning rejalarimizda yo'q. Bastian "Bavariya" uchun fantastik o'yinchi edi, ammo hozir Myunxenga qaytadigan vaqt emas" - deydi Anchelotti.