Anchelotti: “Ronaldu kelasi mavsum bundan ham ko'proq gol uradi”

29 iyul 2020, 08:43
“Everton” ustozi Karlo Anchelotti sobiq shogirdi Krishtianu Ronaldu haqida gapirib o'tdi.

“U o'zi uchun odatdagi mavsumni o'tkazdi - sifatli, jiddiy va professional. Ronaldu juda ko'p gollar urdi. Ammo u kelasi yili bundan ham yaxshi harakat qiladi. Bunga shubham yo'q”, - deydi Anchelotti.

Ma'lumot uchun, Ronaldu A Ceriya doirasida joriy mavsum 32 ta o'yin o'tkazib, 31 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato