

Italiyalik mutaxassis bu borada Leo Benxakkyerdan (89) o'tib ketdi va klub tarixida g'alabalari soni bo'yicha 3-o'ringa chiqib oldi. Bu boradagi natijada u Zinedin Zidan (124) hamda Migel Munosdan (257) ortda.
O'z navbatida Anchelotti ushbu murabbiylar ichida g'alabalari foizi eng ko'pini qayd etyapti - 73 foiz (122 o'yinda 90 g'alaba). Benxakkyerda bu 64 foizni (139/89), Zidanda 67 foiz (183/124)ni tashkil qilsa, Munosda bu 60 foizga (424/257) teng.



