Anchelotti “Real” murabbiyligidagi yubiley g'alabasini qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
7 noya 2021, 07:40
La Liga 13-turida “Real” o'z maydonida “Rayo Valekano”ni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.

Bu Karlo Anchelotti uchun madridliklar boshqaruvidagi 100-g'alaba bo'ldi. Italiyalik mutaxassis mazkur natijaga 135-o'yinga kelib erishdi.

Anchelotti 2013-2015 yillar davomida “qaymoqranglilar”ni boshqargan, shuningdek, joriy mavsum startidan beri jamoa ustozi sifatida ishlab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru