Anchelotti: "Real" birinchi taymda zo'r o'ynadi, ikkinchisida esa harakatchanlikni pasaytirdi"

Mirjalol Normatov
13 avg 2023, 12:30
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Atletik"ka qarshi o'yin yakunlari haqida gapirdi.

Madrid klubi chempionatni g'alaba bilan boshladi. 2:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda gollarni Rodrigo hamda Jud Bellingem kiritdi.

"Birinchi bo'lim juda zo'r o'tdi, harakatchanlik katta bo'ldi, muvaffaqiyatga ham erishdik: gol urdik, ikkinchisini ham. Biroq ikkinchi bo'limda harakatchanlikni pasaytirib, o'yinni nazorat qilishga o'tdik. Lekin birinchi bo'lim biz uchun zo'r o'tdi.

Futbolchilar e'tiborli va ishtiyoqqa to'la bo'lib o'ynashdi, biz jamoaviy ishtiyoq namoyish qildik, ko'plab yakkakurashlarda g'olib bo'ldik, birgalikda himoyalandik, quruq hisob - eng ijobiy holat. Bu biz uchun e'tiborli bahs bo'ldi: birinchi bo'limni yuqori darajada o'tkazib, ikkinchi bo'limni nazorat qildik.

Bellingem? U zo'r futbolchi, xarakteri bor, bu yerda ekanligidan juda xursand, biz uchun juda muhim transfer bo'ldi", - dedi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca