Anchelotti o'zidan kuchli bo'lgan uch nafar murabbiy nomini aytdi

Khoja
9 noya 2024, 10:32
Real Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'zidan ustun bo'lgan uch nafar murabbiy nomini aytdi.

Men 30 yillikning eng yaxshi murabbiyiman deb o'ylamayman. Men ko'p narsalarga erishdim, biroq mendan zo'rlar ham bor. Aleks Fergyuson, Pep Gvardiola va Valeriy Lobanovski kabi murabbiylarni o'zimdan tepaga qo'yaman, - deb fikr bildirdi Anchelotti.

Ma'lumot uchun, Don Karlo murabbiylik faoliyatini 1996 yilda boshlagan. U murabbiylik faoliyatida Yevropa superkubogini yutish bo'yicha (unda bunday kuboklardan beshta) rekordchi hisoblanadi. Shuningdek, italiyalik mutaxassis 5 marta ECHLni ham qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com