Anchelotti: "Oshirib yubormanglar, biz chempionlikka kurasha olmaymiz"

Mirjalol Normatov
23 yanv 2021, 22:34
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining APL chempionligi uchun da'vogarligi haqida gapirdi.

"To'g'risini aytganda, biz chempionlik borasida o'ylamayapmiz. Oshirib yubormanglar, mavsum avvalida aytganimdek, evrokuboklar uchun kurashamiz.

Ayni damda yaxshi holatdamiz. Menimcha, sovrin uchun kurashadigan darajada emasmiz", - dedi italiyalik.

"Irislar" APL doirasidagi so'nggi 6 o'yinning 5tasida g'alabaga erishdi. Navbatdagi bahs "Lester"ga qarshi o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal