Anchelotti: "Jirona"ning ishlari biznikidan ko'ra yaxshiroq"

Mirjalol Normatov
12 noya 2023, 17:34
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti LaLiga turnir jadvalida "Jirona" bilan raqobat haqida gapirdi.

"Ularning ishlari biznikidan ko'ra yaxshiroq. "Jirona"ning evrokuboklarda o'ynamayotganini hisobga olish kerak, shu sababli ular ligadagi har bir o'yinda katta kuch bilan o'ynamoqda. "Jirona" ushbu mavsumda chempionlik uchun kurasha oladi", - dedi Anchelotti.

Ayni damda "Jirona" turnir jadvali peshqadami bo'lib turibdi. Kataloniya klubi 13-turdan keyin 34 ochko jamg'argan. Ikkinchi o'rindagi "Real" esa peshqadamdan ikki ochko ortda qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: realmadrid.com