Anchelotti Chempionlar ligasidagi 100-g'alabasini qo'lga kiritdi

Aslanov Jasurbek
8 dek 2021, 19:29
Seshanba oqshomida "Real Madrid" "Inter" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu natija Karlo Anchelotti jamoasiga "D" guruhida birinchi o'rinni saqlab qolish imkonini berdi.

"Real" rasmiy saytining xabar berishicha, bu g'alaba Karlo Anchelotti uchun Chempionlar ligasida murabbiylik boshqaruvidagi yuzinchi g'alaba bo'ldi. Ushbu turnirda Anchelotti 1997/1998 yilgi mavsumda "Parma" boshqaruvida debyut qilgan.

Italiyalik mutaxassis "Milan" bilan 42 ta, "Real" bilan 24 ta, "Chelsi" bilan 10 ta, "Bavariya" bilan 7 ta, PSJ bilan 6 ta, "Napoli" bilan 5 ta, "Parma" bilan 4 ta va "Yuventus" bilan ikki g'alabani nishonlagan.

Karlo Anchelotti murabbiy sifatida uch marta Chempionlar ligasida g'alaba qozongan - ikki marta "Milan" va bir marta "Real Madrid" ustozi sifatida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com