Anchelotti: "Barchasi qiyinlashib ketganda kuch topa oldik"

Aziz Tukhtamuradov
30 noya 2023, 08:09
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Napoli"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Qiyin o'yin. Barchasi qiyinlashib ketganda biz g'alaba uchun kuch topa oldik. So'nggi 20 daqiqada biz juda yaxshi o'ynadik va dinamikani o'zgartirdik. 

Niko Pas - istedod. Yoshlar jamoamizdan kelgan futbolchi. U o'zi va jamoamiz uchun muhim bo'lgan golni urdi. 


- Sizga ko'proq uning goli yoqdimi yoki Xoseluning?

- Menga jamoaning o'yini yoqdi. Chunki raqib qiyin edi. Biz oxirigacha kurashdik va guruhda birinchi bo'lish maqsadimizga erishdik. Endi dam olishimiz kerak", - dedi Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA