Ana xolos! Xames Rodriges Qatar klubiga o'tmoqda

Alisher
21 sen 2021
"Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Qatarda davom ettiradi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, tomonlar transfer borasida kelishuvga erishishdi. "Ar Rayyan" futbolchini ijaraga olishi kutilmoqda. Tez orada bitim haqida e'lon qilinadi.

30 yoshli kolumbiyalik futbolchining jamoaning yangi bosh murabbiyi Rafael Benites bilan munosabatlari samara bermadi.

Xames "Everton"ga 2020 yilning sentyabrida o'tgandi, u jamoa tarkibida 26ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 9ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira