Ana xolos! Messi "Barsa"ga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2022, 19:49
Leoning rafiqasi uni bunga ko'ndirmoqchi.

"Pari Sen-Jermen"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi yana "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin, deya xabar berdi The Mirror.

Manbaga ko'ra, hujumchining ayoli Parijda baxtli emas. Aytishlaricha, Antonella Rokucco turmush o'rtog'idan "Barsa"ga qaytishni so'ramoqda. 

Shuningdek, Messining farzandlari Parij klubiga moslasha olmayotgani, uning oilasiga Parij iqlimi yoqmayotgani aytilmoqda. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi va himoyachi Daniel Alves futbolchini "Barselona"ga qaytishga undayapti.

Biroq futbolchining otasi va agenti Xorxe Messi o'g'lini “Barselona”ga qaytarish niyatida emas.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror