Ana xolos! Chempionlar Ligasi qur'asi qayta o'tkazilishi mumkin. Unda bir necha xatoliklar bo'ldi, "Atletiko" esa UEFA bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
13 dek 2021, 17:38
Bundan biroz oldin Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga qur'a tashlandi.

BBC jurnalisti Saymon Stounning xabariga ko'ra, "Liverpul" va "Manchester Yunayted" sharlari bilan bog'liq xato bo'ldi.

Sky Sports esa UEFAdan nega MYUning shari "Atletiko"niki bilan bitta savatchada bo'lmaganiga tushuntirishni so'radi.

ESPNning xabariga ko'ra, "Atletiko" UEFA bilan qur'a yakuni bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Qayta qur'a borasidagi qaror yaqin bir soatda qabul qilinadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia