

Payshanba, 15 fevral kuni, "Navbahor" Namangandagi "Markaziy" stadionida Saudiya Arabistoni grandini mehmon qiladi. Guruh bosqichida "Al Hilol"ga munosib qarshilik ko'rsata olgan namanganliklar pley-off bosqichida "Ittixod"ni ham enga olishlariga ishonishmoqda.
Qator OAV xabariga ko'ra, mehmonlar yulduzi Karim Benzema O'zbekistonga kelmaydi.
"Navbahor" va klub muxlislari uchun ham quvonchli, ham noxush bo'lgan bu xabarni klubning Instagrammdagi rasmiy sahifasidagi suratlar ham tasdiqlayotgandek. O'zbekistonga otlanayotgan jamoa a'zolari ichida "Oltin to'p" sohibi negadir ko'rinmayapti.









