Amirbek Saidov: "Ispaniyani mag'lub etish uchun bor kuchimizni sarflaymiz"

Omonjon To`xtamirzayev
15 noya 2023, 12:41
U-17 jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Kanada darvozasiga ikkita to'p kiritgan Amirbek Saidov Ispaniyaga qarshi hal qiluvchi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ispaniyaga qarshi uchrashuvda g'alaba qozonishimiz shart, buning uchun jamoamiz yaxshi tayyorgarlik ko'rgan. Bo'lajak o'yinda zafar quchish uchun bor kuchimizni sarflaymiz", dedi o'zbekistonlik hujumchi.

Eslatib o'tamiz, "B" guruhi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Ispaniya uchrashuvi 16 noyabr kuni 14:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia