
Kolumbiyalik bu sovrinni butun yil davomidagi o'yinlari uchun qo'lga kiritdi. U Kolumbiya terma jamoasi safida JCH-2014ning eng yaxshi to'purari bo'ldi va bundan so'ng "Monako"dan "Real"ga ko'chib o'tdi. Xames "Qirollik klubi" safida hozirgacha 25ta uchrashuvda maydonga tushib, 9ta golga mualliflik qildi.