Amayya: "Betis" "Osasuna"ga o'yinni sotmagan"

Aslanov Jasurbek
18 fev 2015
Hozirda "Rayo Valekano" sharafini himoya qilayotgan "Betis" sobiq himoyachisi Antonio Amayya, o'tgan mavsum oxirida "Osasuna"ga qarshi uchrashuv kelishlgani haqidagi ma'lumotni raj etdi.

Oldinroq Amayya va uning jamoadoshi Xordi Figeras "Osasuna" rahbarlaridan biri Anxel Viska bilan uchrashgani to'g'risida xabar qilingan edi. Viska "Valyadolid" ustidan g'alaba qozonishi va "Osasuna"ga mag'lub bo'lishi uchun ikki futbochiga 250 ming funt vada qilgan. Shu yo'l bilan rahbar "Osasuna"ni Primeroda saqlab qolmoqchi bo'lgan, ammo klub ispan elitasida jon saqlab qola bilmadi.

"Gapirayotganlarini isbotlashsin. Bu haqida yozilayotganini bilaman, ammo bo' yolg'on. Men "Osasuna" vakillari bilan uchrashganim yo'q. Jamoamiz hech narsa sotmagan" - deydi Amaya.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Osasuna" 2,4 mln evroni qaerga sarflaganini ko'rsatib bera olmagan. Ispaniya professional futbol ligasining hisoblashicha, bu mablag' "Osasuna" va "Espanol" o'rtasidagi uchrashuvga aloqador.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com