Allegri Ukrainada ish boshlashi mumkin

Mirjalol Normatov
8 mar 2021, 22:54
"Milan" va "Yuventus"ning sobiq ustozi Massimiliano Allegri "Shaxtyor" boshqaruvini o'z qo'liga olishi mumkin.

Manbaning yozishicha, tomonlar ilk muzokaralarni olib borishgan. Biroq shartnoma bandlari va summa borasida ma'lumotlar aytilmagan.

Ayni damda "Shaxtyor"ni portugaliyalik Luish Kashtru boshqarmoqda. Uning qo'l ostida jamoa milliy chempionat turnir jadvalida Kievning "Dinamo"sidan 4 ochko ortda qolgan holda 2-o'rinni egallab  turibdi.

Doneckliklar YCHL 1/8 finalida "Roma"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal