Allegri ikkita mag'lubiyatdan so'ng: "Yuve" uchun hali ko'p narsa yo'qotilmadi"

Aziz Tukhtamuradov
15 sen 2022, 10:36
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri YCHL doirasida "Benfika"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirdi.

Bungacha "Yuve" birinchi turda PSJga 1:2 hisobida yutqazgandi. 

"Futbolni tushuntirish qiyin. 1:2dan so'ng o'yin yakunlandi, biz 3 va 4-gollarni ham o'tkazib yuborishimiz mumkin edi. Uchrashuv oxirida vaziyat bo'ldi, ammo bu bilan o'yinimiz yaxshilanib qolgani yo'q. Hozir tushuntirish va gapirib o'tirishdan foyda yo'q, biz faqatgina qattiq ishlashimiz mumkin. 

Men jamoadagilarga bunday vaziyatlar futbolda bo'lib turishini, biz birlashishimiz va mas'uliyatni his qilishimiz kerakligini aytdim. Oldinda A Seriya doirasida "Monca"ga qarshi muhim o'yin turibdi. Keyin esa yana Evrokubok haqida o'ylaymiz. Bu qiyin bo'ladi, ammo hali ko'p narsa yo'qotilgani yo'q", - dedi Allegri. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA