Alisson: "Liverpul" imkon qadar tezroq o'ziga kelishi kerak"

Оқил Абдубарноев
3 okt 2022, 00:27
"Liverpul" darvozaboni Alisson Bekker jamoaning joriy mavsum startidagi muvaffaqiyatsizliklari haqida fikr bildirdi.

Shanba kuni Yurgen Klopp boshchiligidagi jamoa o'z maydonida "Brayton" bilan o'yinda (3:3) yana g'alaba qozona olmadi.

"G'alaba qozona olmaslik yoqimsiz tuyg'u. Bazida futbolda shunday bo'ladi - o'zingizga bo'lgan ishonchni yo'qotasiz. Ishonch tuyg'usi bilan o'ynash juda muhim, vaziyatni yaxshilash uchun imkon qadar tezroq o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytarishimiz kerak", - dedi braziliyalik darvozabon.

Eslatib o'tamiz, seshanba kuni "Liverpul" Chempionlar ligasi guruh bosqichida Shotlandiyaning "Reynjers" klubini qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: BBC