Alisson jarohat sabab noma'lum muddatga safdan chiqdi

Alisher
5 okt 2020, 12:00
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning asosiy davozaboni Alissonning jarohati haqida gapirdi.

Kloppning so'zlariga ko'ra, darvozabonning tiklanish muddati qancha vaqtni olishi hali ma'lum emas.

"Kecha mashg'ulotda bir voqea ro'y berdi - ikki futbolchi bir-biriga urilib ketdi, biri turdi, ikkinchisi - yo'q. Alisson Beker turmagani edi. Ayni damda biz uning aniq qachon safga qaytishini bilmaymiz.

Bu tez orada bo'lishiga umid qilamiz. Men uning Braziliya terma jamoasining yaqin o'yinlarida ishtirok etmasligiga deyarli aminman", - deydi Klopp.

Alisson JCH-2022 saralash o'yinlari doirasida Braziliyaga Boliviya va Peruga qarshi o'yinlarda yordam bera olmaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.tv