Alexandr Dominges: "Old Trafford" himoyaviy o'yin ko'rsatish xato bo'ladi"

Tolibjon Qosimov
19 mar 2014, 20:20
"Olimpiakos" yarim himoyachisi Alexandro Dominges Chempionlar Ligasi doirasidagi MYUga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Hisobda ustunligimiz bor. Biroq keyingi bosqich masalasi hali hal etib qo'ylimadi. Raqiblarimiz gol urishi shart. Shuning uchun ham bizni qiyin o'yin kutib turibdi, deya aytishim mumkin.

"Old trafford"da himoyaviy o'yin ko'rsatish xato ish bo'ladi. Chunki to'pga MYU ko'proq egalik qilishi juda xavfli.

Qur'adan keyin "Yunayted" favorit hisoblangandi, endi esa hammasi o'zgardi", – dedi argentinalik.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru