Aleksandr Xomyakov: "Superliga birinchi davrasida "Navbahor”ni yirik hisobda mag'lub etganimiz finalda ham shunday bo'lishini anglatmaydi"

Administrator
26 sen 2024, 00:04
Superliganing 20-turidan o'rin olgan “Andijon” - “Neftchi” (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- 90 daqiqa davomida har ikki jamoaning kurashuvchan o'yini guvohiga aylandik. Vaziyatlar bo'ldi, biroq gol kiritilmadi. Derbi maqomiga mos o'yin bo'ldi. Futbolchilarga va muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz, ular bugun maydonda va tribunada birdek yaxshi ishlashdi. G'alaba taqdim etishni istagandik, durang bo'lib qoldi.

- Siz demak natijadan qoniqmayapsiz, shundaymi?

- Qoniqmadim deya olmayman. Biz g'alabani istagandik, kubok finali oldidan muxlislarimizga g'alaba taqdim etishni maqsad qilgandik. Harxolda ochko qo'lga kiritdik.

- 7 ta o'yinda 2 ochko. Bosh murabbiy sifatida faoliyatingizdan qoniqayapsizmi?

- Ishlashda davom etayapmiz. Maksimal maqsadlarimiz o'xshamadi, ko'p ochko jamg'ara olmayapmiz. Takror aytaman, biz har doim g'alabani istaymiz.

- Nega ikkinchi hujumchi maydonga tushirilmadi?

- Zaxirada o'yinni kuchaytiradigan futbolchilar yetishmayapti. Raqibning kuchini ham hisobga olish kerak. Maydon markazini boy bermaslik uchun shunday uslubda o'ynashga majbur edik. Ikkinchi hujumchi tushirmaganimiz sababi shu edi. Bizda universal futbolchilar bor, ular istalgan vaqtda hujumchi roliga chiqib bora oladi. Avvalgi o'yinlarda yo'l qo'yilgan xatolarni takrorlashni istamadik.

- Final oldidan jamoadagi kayfiyat qanday? Futbolchilarni ruhlantirish uchun qanday ishlarni amalga oshirayapsiz?

- Har o'yindan so'ng aytayapman, biz uchun maydonga chiqqan o'yinimiz final. Muxlislarimiz ham bizga shunaqa muhit yaratib berishmoqda. Barcha tushunib turibdi, xotirjamlik kerak. Final uchrashuviga tayyorgarlik ko'rish uchun etarlicha vaqtimiz bor. Maqsad uchun harakat qilamiz. “Navbahor”ni Superliga birinchi davrasida yirik hisobda mag'lub etganimiz finalda ham shunday bo'lishini anglatmaydi. Har ikki jamoa ham kubok maqsadi uchun maydonga chiqadi, kurashlarga boy o'yin o'tishiga shubha yo'q.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia