Aleksandr Xomyakov: “Bunday o'yinlarda futbolchilar o'zlarini nazorat qilishi ham qiyin bo'ladi”

Narzulla Saydullayev
19 may 2017, 00:09
“Nasaf” – “Mashal” uchrashuvi yakunlangach dastlab mehmon jamoa ustozi Aleksandr Xomyakov o'yin haqidagi z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugun biz shiddatli uchrashuv guvohi bo'ldik. Bu derbi. Derbida jamoalar  turnir jadvalidagi maqomiga qaramasdan ana shunday keskin o'yin namoyish etishadi. Derbida kuchli jamoa g'alaba qozonadi. Bugun mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, futbolchilarimiz ajoyib o'yin namoyish etishdi. Afsuski yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Ammo o'yinchilarimizga etirozim yo'q. Ular bugun astoydil harakat qilishdi. Noiloj keyingi o'yinlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz.

O'yinchilarimiz qo'pol o'ynashdi? Bunaqa o'yinlarda futbolchilar o'z hayajonini jilovlay olishmay qolishadi. To'g'ri, bazan o'yinchilarimiz qo'pollik ham ishlatishdi, buning evaziga bir o'yinchimiz maydondan ham chetlatildi. Bunga albatta e'tibor qaratamiz. Tushuning, bunaqa o'yinlarda futbolchilar g'alaba ishtiyoqida,  bazan o'zlarini nazorat ham qila olishmaydi. Qolaversa, bunaqa o'yindagi mag'lubiyat ular uchun haqoratdek bo'ladi. Bugungi o'yin shunday kechdi.

Shuningdek bugun o'yinchilarimizda sovuqqonlik ham yetishmadi. Buning evaziga xatolarga ham yo'l qo'ydik. Umuman olganda stadionga tashrif buyurgan muxlislar bugun zerikib qolishmadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz