Aleksandr Mochinov: “Akrom Komilovga Avstriyadan qiziqish bo'layotgani rost”

Narzulla Saydullayev
22 yanv 2014, 20:00
Kecha saytimizda BAAda o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi Akrom Komilovga Germaniya va Avstriya klublaridan qiziqish bo'layotgani haqida xabar chop etilgandi.
Hozircha Akrom Komilov “Bunyodkor” o'rinbosarlari tarkibida yangi mavsumga hozirlik ko'rmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Mochinovning aytishicha, chindan ham bu o'yinchiga qiziqish bo'layotgan ekan:

“Mavsumga tayyorgarlik dastur bo'yicha davom etmoqda. Shu haftaning yakshanba kuni “Taraz” o'rinbosarlariga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazamiz. O'yin 12:00da boshlanadi. Klubimiz tarbiyalanuvchisi Akrom Komilovga Yevropadan qiziqish bo'layotgani haqida xabarim bor. Lekin Germaniyadan emas, balki Avstriya klubidan. Lekin aynan qaysi jamoadan ekanligini bilmayman. Futbolchi hozirda biz bilan mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda, uning Avstriyaga qachon borishi hali ma'lum emas”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia