Aleksandr Krestinin: "Raqib o'z vaziyatlarini golga aylantirib ketdi"

Administrator
16 avg 2023, 23:24
O'zbekiston Kubogining nimchorak finalidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" uchrashuvidan so'ng "mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- O'yin juda o'tkir bo'ldi. Bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Raqib esa o'z vaziyatlarini golga aylantirib ketdi. Har o'yinda gol o'tkazyapmiz. Raqiblarga gollar sovg'a qilyapmiz. Buni ustida ishlaymiz.

- "Bunyodkor" bugun "Surxon" pressingiga tayyor emasmidi?

- Tayyorlangandik, albatta. "Surxon" juda kuchli jamoa. Ularning tarkibi bir maromda shakllantirilgan. Ular kuchli pressing qilishmadi. Uzun uzatmalardan foydalanishga harakat qilishdi. Biz buni qaytargan holatlar bo'ldi, bazi vaziyatlarda buni uddalay olmadik. To'pga ko'proq biz egalik qildik. Yana bir bor aytaman, "Surxon" yaxshi jamoa.

- Ikromov haqida so'ramoqchi edim. Uning yo'qligi o'tgan o'yin bilan bog'liqmasmi?

- Ikromovda jarohat bor. O'tgan safar ham shu masalaga to'xtaldik. Ularda shunchaki jarohat bor. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia