

Kazfootball.kz saytining ma'lum qilishicha, klub futbolchilar iyundan beri maosh va mukofot pullarini oilgani yo'q. O'yinchilar jamoa rahbariyatiga ishonib sudga ham murojaat qilishmagan.
Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, klub yangi rahbariyati futbolchilarga kamaytirilgan maosh bilan yangi shartnoma tuzish yoki boshqa jamoa qidirishni taklif qilgan.
Jamoaning ko'plab futbolchilari yangi klub izlash payida, Yevropa ligasida o'ynaydigan "Ordabasi" esa o'z yetakchilarisiz qolishi mumkin. Hozircha hamyurtimiz Aleksandr Geynrix qanday qaror qabul qilgani noma'lum.



