Aleksander Isak "Nyukasl"ga boykot e'lon qildi

Khoja
15 avg 2025
"Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak yozda jamoani tark etish niyatida.

Hujumchi "Liverpul" o'tishni istamoqda va "Nyukasl"ga boykot e'lon qildi. U Premer-liga mavsumining ilk o'yinida "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushmaydi. Bu haqida Fabricio Romano xabar qildi.

Avvalroq, APLning amaldagi chempionlari 25 yoshli hujumchi uchun 140 million evro va bonuslar taqdim etgandi. Biroq "Nyukasl" o'z hujumchisini 180 million evroga baholagandi. Shundan so'ng muzokaralar to'xtab qolgandi. 


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano