Alaba "Real" safidagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2021
Madridning "Real" klubi yangi a'zosi David Alaba mashg'ulotlarga kirishdi.

"Qirollik klubi" chorshanba kuni avstriyalik universal o'yinchining taqdimotini o'tkazgan edi, bugun esa u jamoadagi birinchi mashg'ulotida qatnashdi.

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli futbolchi "Real"ga erkin agenti sifatida kelib qo'shildi. U bilan 5 yillik shartnoma tuzildi. Alaba "Real" sobiq sardori Ramosning 4-raqamida o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com