"Al Sadd" va Xavi Toshkentda

Narzulla Saydullayev
7 apr 2019, 21:09
Qatarning "Al Sadd" klubi bugun Toshkentga yetib keldi.

9 aprel kuni Jezualdo Ferreyra boshchiligidagi jamoa OCHL-2019 guruh bosqichi doirasida "Paxtakor" bilan o'ynaydi. "Al Sadd" safida ispaniyalik mashhur superyulduz Xavi ham Toshkentga keldi. 

Kecha "Al Sadd"ning "Paxtakor" bilan o'yin uchun qaydnomasini taqdim etgan edik.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Al Sadd" uchrashuvi 9 aprel kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia