"Al Nassr"dan yirik g'alaba, Masharipovdan golli uzatma, arab sharhlovchisidan esa master klass

Narzulla Saydullayev
14 avg 2021, 10:22
Kecha Saudiya Arabistoni chempionatida 1-tur o'yinlari davom ettirildi.

O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Jaloliddin Masharipov to'p tepayotgan "Al Nassr" klubi o'z maydonida "Damak"ni qabul qildi va yirik 4:1 hisobida zafar quchdi. Masharipov uchrashuvdagi ikkinchi golda qatnashdi. Aynan uning to'p uzatishidan keyin Anderson Taliska boshi bilan gol raqib darvozasini ishg'ol qildi. Hamyurtimiz o'yinni to'liq o'tkazdi.



Quyida "Al Nassr" urgan gollarni tomosha qiling. Ayniqsa sharhlovchiga gap yo'q. 





O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia