

Saudiya jamoasi hujumchining transferi uchun Lissabon jamoasiga 65 million evro taklif qildi. Hujumchining o'ziga esa 3 yillik shartnoma va yiliga 35 million evrolik maosh taklif qildi. Biroq shvetsiyalik hujumchi Saudiya chempionatida o'ynash niyatida emasligini va hali Yevropaning TOP jamoasida harakat qilishni maqsad qilganini ma'lum qildi.
Shvetsiya termasining 26 yoshli futbolchisi Portugaliya chempionatining to'purari bo'ldi. U 39 o'yinda 33ta gol urdi.



