

Sem Lining ma'lum qilishicha, belgiyalik yarim himoyachi shaharliklar safida yana bir yil qolib, 2025 yilning yozida faoliyatini yakunlamoqchi.
Eslatib o'tamiz, Kevin de Bryuyne uchun "Al Hilol" dahshatli taklif tayyorlaganini va uni Saudiyaga olib kelish uchun katta miqdordagi summadan voz kechishga tayyor ekanligi ma'lum qilingandi.
Ma'lumot uchun, Kevin 2015 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qiladi. U shaharliklar bilan jami 17 ta sovrin yutishga erishdi.



