"Al Hilol" kelasi yili Vinisius Juniorni xarid qilmoqchi

Alisher
12 okt 2024, 23:28
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi "Real" hujumchisi Vinisius Juniorni kelasi yili xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Saudiya klubi Vinisiusning shartnomasida 1 milliard evro tovon puli belgilanganiga qaramay, o'yinchi bilan bitim tuzish fikridan qaytmaydi va buni kelasi yilda amalga oshirishga yana harakat qiladi. Agar "Al Hilol" hujumchi Neymar bilan shartnomani uzaytirish qaroriga kelmasa, "Real" o'yinchisi bilan ehtimoliy bitim imkoniyati oshadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Footmercato