
“Bunyodkor”ning Osiyo Chempionlar ligasidagi raqibi – “Al-Fateh” klubi o'z maydonida chempionat peshqadami “Al-Nasr” klubini qabul qilib, alamli tarzda 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'yinning 32-daqiqasida Salomo Fuakuputu maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqdi. Lekin ikkinchi bo'lim boshlarida Yaxyo Al-Sehri al-ahsaliklar darvozasini ishg'ol qilib, o'rtadagi muvozanatni tikladi. Asosiy vaqt durang bilan yakun topib, hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarning to'rtinchisi boshlanganida Omar Xavsavi “Al-Nasr”ga uch ochko keltirgan golga mualliflik qildi.
20-turda ham mag'lubiyat alamini tortib olgan “Al-Fateh” tobora musobaqa jadvalining quyi qismiga sho'ng'ib bormoqda.
20-turda ham mag'lubiyat alamini tortib olgan “Al-Fateh” tobora musobaqa jadvalining quyi qismiga sho'ng'ib bormoqda.