PSJ futbolchilariga Liga 1'dagi chempionlik uchun ayfonga mo'ljallangan tilla g'iloflar sovg'a qilindi

Alisher
12 may 2020, 10:20
PSJning hamkori bo'lmish iDesign Gold barcha futbolchilarga Fransiya chempionatining joriy mavsumdagi g'olibligi uchun ayfonga mo'ljallangan 24 karatli oltin g'ilof sovg'a qildi.

G'iloflarga Liga 1 logotipi, o'yinchilarning ismlari va raqamlari yozilgan.

Eslatib o'tamiz, Fransiya chempionati muddatidan oldin yakunlandi va birinchi o'rin turgan PSJ musobaqa g'olibi deb topildi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/idesigngold