Ahmedov "Navbahor"ga kerak

Iskandarov Abdulaziz
30 iyun 2023, 16:35
"Navbahor" yozda ham transferlar borasida faollikni qo'ldan boy berishni istamayapti.

Klub sobiq yarim himoyachisi, bu yilgi mavsumni "Turon"da o'tkazayotgan Azim Ahmedovni ortga qaytaradi. Futbolchi davralar oralig'ida "lochinlar"ning yig'iniga borib qo'shiladi. Azim Ahmedov hozirgacha "Turon" bilan jami 9ta uchrashuvda ishtirok etdi va maydonda 676 daqiqa harakat qildi.  Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan edi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia