Aguero Messining PSJdagi debyuti haqida: "U biroz xomush ko'rindi"

Aslanov Jasurbek
6 sen 2021, 21:45
Barselona hujumchisi Serxio Aguero Kataloniya klubining sobiq hujumchisi Lionel Messining PSJdagi debyuti haqida gapirdi.

Argentinalik futbolchi parijliklar safida 66-daqiqada maydonga tushdi va samarali harakat qilgan bo'lsa-da, raqib darvozasiga gol ura olmadi.

"U biroz xomush ko'rindi, lekin har safar to'pni qabul qilganda, o'z uslubi bo'yicha yaxshi harakat qildi", - deydi Aguero.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi klubni tark etgach, kataloniyaliklar rahbariyati Agueroga 10-raqam ostida to'p tepishni taklif etgandi. Ammo hujumchi Leoga bo'lgan hurmati yuzasidan ushbu raqamni olishni rad etdi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport