

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, argentinalikning vakili "ko'k-anorranglilar"ga mijozining yillik ish haqi 12 million evroni tashkil etishi haqida ma'lum qilgan.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli futbolchi ushbu mavsum oxirida erkin agentga aylanadi va "Barsa"ga tekinga qo'shilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Shuningdek, Agueroga "Yuventus", "Chelsi", "Tottenxem" va "Lids" ham da'vogarlik qilmoqda.



