AGMK "So'g'diyona"ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda

6 mar 2020, 23:55
Olmaliqning AGMK klubi bugun Jizzaxga yetib keldi va "So'g'diyona"ga qarshi o'yin oldidan "Markaziy" stadionda o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Quyida AGMK jamoasining o'yinoldi rasmiy mashg'ulotidan fotolavhalarni tomosha qiling.


Ertaga Superliga doirasidagi 2-tur o'yinida o'zaro to'qnash keladigan "So'g'diyona" va AGMK jamoalarining qarama-qarshilikdagi 23-uchrashuvga aylanadi.

O'tkazilgan 22 o'yinda tarozi pallasi birozgina "So'g'diyona" foydasida. Jizzax jamoasi 9 g'alabaga ega bo'lsa, AGMK 8 marotaba yutuqqa erishgan. Qolgan 5 bellashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan. Birgina g'alaba AGMKga mazkur to'qnashuvdagi muvozanatni tiklashga yordam bersa, "So'g'diyona" uchun ustunlikni mustahkamlaydi. O'zaro o'yinlarda g'alabalar soni bo'yicha "So'g'diyona" ustun bo'lsada, kiritilgan gollar borasida jizzaxliklar maqtana olishmaydi. To'plar nisbati: 35-31, AGMK foydasiga.


Qayd etish kerakki, mazkur jamoalarning o'rinbosarlar jamoalari o'rtasidagi bellashuvda mezbonlar vakillari yirik hisobda (3:0) g'alaba qozonishdi. Shuningdek, U18 Respublika Birinchiligi doirasidagi bahsda Jizzax va Olmaliq jamoalari tengqurlari o'zaro durang (2:2) natijasiga rozi bo'lishdi.




U-18 Birinchiligi, 2-tur.

5 mart, payshanba.

"So'g'diyona" (U18) - AGMK (U18) 2:2

Hakamlar: Muzaffar Fayzullaev, Shohruh Qayumov, Xayrulla Normatov, Behruz Berdibekov.

Gollar: Javohir Mirzaulbekov, Jamoliddin Ismatullaev - Husan Mirusubov, Mirjalol Mirg'aniev


Yoshlar Birinchiligi, 2-tur.

6 mart, juma.

“So'g'diyona” (U21) - AGMK (U21) 3:0

Jizzah, “So'g'diyona” qarorgohidagi maydon.

Bosh hakam: Doston Rahmonov.

Gollar: Sahob Rashidov (31, 36), Daniel Nasriddinov (61)


AGMK klubi matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, jamoaning mazkur o'yindagi qaydnomasi quyidagicha ko'rinish olgan:

Darvozabonlar:

12.Roman Abdulov

32.Suhrob Sultonov

Himoyachilar:

2.Akmal Shorahmedov

3.Sardor Rahmonov

20.Mirg'iyos Sulaymonov

31.Saydullo Rahmatov 

44.Bobur Yo'ldoshev

88.Igor Zonich

Yarim himoyachilar:

4.Mirjamol Qosimov

5.Dilshod Jo'raev

6.Erkin Baydullaev

8.Xojimat Erkinov

11.Murod Toshmatov

17.Sanjar Tursunov

18.Bahrom Abdurahimov

23.Yovan Jokich

77.Arslonmirat Amanov

Hujumchilar:

9.Zafar Polvonov

10.Shahzod Nurmatov

21.Mate Vatsadze

AGMKning "So'g'diyona" bilan bo'ladigan bahs uchun e'lon qilgan qaydnomasida Elguja Grigalashvili yo'q. Ma'lum bo'lishicha, gruziyalik futbolchi shamollab qolgani bois ertangi "So'g'diyona" bilan bo'ladigan bellashuvni o'tkazib yuboradi.


Fakt: AGMK Jizzaxda o'tkazilgan 11 o'yindan atigi bittasida, 2018 yilgi mavsumdagi o'yinda g'alaba qozongan xolos. Qolgan 10 uchrashuvning 7tasida "So'g'diyona" g'alaba qozongan va 3 bahsda durang qayd etilgan.


AGMK matbuot xizmati tomonidan jamoa muxlislari uchun tayyorlangan Mart oyi taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan

O'xshash yangiliklar