Agent: "Agar Dunga shunday qarorga kelgan bo'lsa, Maykon terma jamoaga qaytmaydi"

Aslanov Jasurbek
10 sen 2014, 11:17
"Roma" himoyachisi Maykonning agenti Antonio Kaliedenoning takidlashicha, bundan buyon uning mijozi umuman Braziliya terma jamoasida o'ynamaydi.
Kalideno fikricha, Dunga bu qarorini qayta o'ylab ko'rmaydi.
"Maykon yana bir necha mavsum o'ynaydi. U maydon tashqarisida shug'ullanishini hammamiz bilamiz. Bu haqida u bilan bir necha bor suhbat qurganmiz. Bundan tashqari unda tabiat inom etgan sifatlar bor. O'ylashimcha, faoliyatini tugatganidan so'ng, u futbol dunyosidan ketadi. Yaqinda yuz bergan voqeaga keladigan bo'lsak, unga izoh berish niyatim yo'q. Agar Dunga shunday qarorga kelgan bo'lsa, Maykon terma jamoaga qaytmaydi" - deydi agent.
Eslatib o'tamiz, ichki muammolar tufayli Maykon Ekvadorga qarshi o'yindan oldin, Braziliya terma jamoasidan chetlatilgan edi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com