Agarda Retkliff MYUning 25 foiz akciyalarini sotib olsa, ten Xagning transfer ishlaridagi o'rniga ta’sir qilishi mumkin

Mirjalol Normatov
31 okt 2023, 22:30
Agarda Jim Retkliff "Manchester Yunayted" akciyalarini sotib olsa, bosh murabbiy Erik ten Xagning transfer ishlaridagi ta’siriga barham beriladi.

Eslatib o'tamiz, "Ineos" kompaniyasi yaratuvchisi 1,3 mlrd funt evaziga "Manchester Yunayted"ning 25 foiz akciyalarini sotib olishga yaqin turibdi. Bu milliarderning klubni to'laqonli sotib olishi yo'lidagi ilk qadami bo'ladi.

"iNews" xabariga ko'ra, derbidagi mag'lubiyatdan keyin Retkliff "Manchester Yunayted"ning natijalariga va bosh murabbiy Erik ten Xagga ishonch bildirmagan. Ammo u akciyalarni sotib olgan taqdirda ham bosh murabbiyni o'zgartirishni talab qilmoqchi bo'lmayapti.

Shu orqali Erik ten Xagning transfer ishlaridagi ta’siri tugatiladi. Bunga sabab sifatida Retkliffga ten Xagning o'zi bilan birga ishlagan futbolchilarni "Manchester Yunayted"ga olib kelayotgani ko'rsatilgan.

Noyabr oyi yakunlariga qadar Retkliffning "Manchester Yunayted"ning 25 foiz akciyalarini sotib olish ishlari yakunlanishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: iNews