Agar Peru jahon chempionatiga chiqsa, mamlakatda dam olish kuni e'lon qilinadi

Aslanov Jasurbek
15 noya 2017, 13:47
Peru terma jamoasi 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritsa, 16 noyabr kuni mamlakatda dam olish kuni deb e'lon qilinadi.

Bu haqda Peru mehnat vazirligi matbuot-xizmati ma'lum qildi. Ushbu dam olish kuni uchun maoshdan ushlab qolinmaydi.

Peru terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi birinchi pley-off uchrashuvida durang o'ynagan (0:0) edi. Javob bahsi 16 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:15da boshlanadi.

"Agar 2018 yilgi jahon chempionatiga chiqish orzuimiz ushalsa - 16 noyabr kuni mamlakatda dam olish kuni bo'ladi" - deyiladi bayonotda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com